Uchrashuv davomida muassasada bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda qonun talablarining amalda ta’minlanishi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, pedagog xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.
Deputat tomonidan ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, shuningdek, qonun talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.