Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari O'.Akkulov va Kengash kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar tuman adliya bo‘limi hamda “Madad” NNTning Zomin tumani huquqiy maslahat byurosi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Xususan, tuman Kengashi deputatlari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sayyor qabullarni hamkorlikda tashkil etish hamda fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar tomonidan kelgusida hamkorlikdagi tadbirlarni muntazam o‘tkazish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.