Tuman Kengashi deputatlari O'.Akkulov hamda Kengash kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar tomonidan tumandagi (FHDY) bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida bo‘lim tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, nikoh, tug‘ilish, o‘lim hamda boshqa fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish tartiblari, hujjatlarni yuritish va arxivlash ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, deputatlar tomonidan aholiga qulaylik yaratish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonini yanada soddalashtirish, raqamlashtirish darajasini oshirish hamda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.