Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengash kotibiyat mudiri va Kengash deputati bolalar musiqa va san’at maktabida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi deputati M.Qo'ldoshev hududdagi oilaviy shifokor punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengash kotibiyat mudiri M.G'oibnazarov va deputat S.Bekmurodovalar hududdagi bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova “Yaylovlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining hududdagi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
янв.21
Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati Jizzax viloyati bo‘limida “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan Chorvador mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Zomin tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Alisher Abdug‘aniyevning bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining hafta davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan infografiya ma'lumotlar.
Deputat faoliyatidan

Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — e’tiborda

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat Eshmuradova Hafiza Saydullayevna tomonidan Yangiobod mahallasidagi ko‘p qavatli uylar hududida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida uylar atrofi, chiqindi to‘plash joylarining holati hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish jarayoni atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududlarda sanitariya va tozalikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tozalikni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar hududlarda sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlash hamda aholi uchun yanada toza va obod muhit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2