Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengash kotibiyat mudiri va Kengash deputati bolalar musiqa va san’at maktabida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi deputati M.Qo'ldoshev hududdagi oilaviy shifokor punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengash kotibiyat mudiri M.G'oibnazarov va deputat S.Bekmurodovalar hududdagi bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova “Yaylovlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining hududdagi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
янв.21
Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati Jizzax viloyati bo‘limida “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Zomin tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Alisher Abdug‘aniyevning bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan Chorvador mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining hafta davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan infografiya ma'lumotlar.
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. Mazkur uchrashuv tumandagi “Ziyo” mahalla fuqarolar yig‘ini majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, xotin-qizlar hamda hudud aholisi ishtirok etib, deputat tomonidan hisobot davrida hududdagi mahallalarda o‘tkazilgan uchrashuvlar, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularni amaliy hal etish bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning fikr-mulohaza va takliflarini tingladi.

Uchrashuv davomida hududdagi dolzarb masalalar, jumladan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimini takomillashtirish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish, bolalar maydonchalarini tashkil etish, mahalla hududini obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash kabi yo‘nalishlar taqdimot ko‘rinishida muhokama qilindi. Ayrim murojaatlar yuzasidan mas’ul yettilik vakillari bilan joyida muhokamalar o‘tkazilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Deputat o‘z axborotida 2026-yilning birinchi choragi davomida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining sessiyalarida hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etganini, ushbu yig‘ilishlarda tuman hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar va BSK faoliyatini sifatini oshirish hamda fuqarolar murojaatlarini tizimli hal etishga qaratilgan masalalar yuzasidan o‘z takliflarini ilgari surganini ta’kidladi.

 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari tashkil etilishi, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik olib borilishi hamda deputatlik nazorati o‘rnatilishi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 6