Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengash kotibiyat mudiri va Kengash deputati bolalar musiqa va san’at maktabida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi deputati M.Qo'ldoshev hududdagi oilaviy shifokor punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengash kotibiyat mudiri M.G'oibnazarov va deputat S.Bekmurodovalar hududdagi bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova “Yaylovlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining hududdagi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
янв.21
Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati Jizzax viloyati bo‘limida “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan Chorvador mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Zomin tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Alisher Abdug‘aniyevning bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining hafta davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan infografiya ma'lumotlar.
🔰 Kushon MFYda amaliy muloqot o‘tkazildi

 Hududlarni rivojlantirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etishda mahalliy kengashlar deputatlari “mahalla yettiligi” bilan hamkorligini yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.

🔹 Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 14 yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumandagi Kushon MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati H. Qudratova hamda Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyat mudiri D. Valieva ishtirok etib, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini qiynayotgan muammolar va ularni hal etish mexanizmlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi

🔹 Muloqotlar davomida “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholi murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3