Mazkur videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar mamlakatimiz iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Hududlarda sanoat, tadbirkorlik, investitsiya va eksport salohiyatini to‘liq ishga solish bugungi kunning eng dolzarb masalasidir.
Ayniqsa:
✅ har bir hududning ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish
✅yangi ish o‘rinlari yaratish
✅ kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash
✅ infratuzilmani jadal rivojlantirish
Aynan shu yo‘nalishlarni ustuvor deb belgilash aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan muhim qadamdir.
Yuqori iqtisodiy o‘sish - bu raqamlar emas, avvalo, aholi farovonligi va turmush sifatining oshishidir.
M.Go'ibnazarov
Zomin tuman Kengashi deputati