Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Xo‘jamqulov hamda tuman Kengashiga 18-Nodira saylov okrugidan saylangan deputat S.Abdirayimov tumanning Nodira mahallasida mahalla yettiligining faoliyatini o‘rganishdi.
O‘rganish davomida deputatlar tomonidan hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish, mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar berilib aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan vazifalar ham belgilab olindi.