Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining
2025-yil yanvar–dekabr oylarida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha YILLIK HISOBOTI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan 2025-yil yanvar–dekabr oylarida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
❗️ Sessiyalar faoliyati
Hisobot davrida 11 ta Kengash sessiyasi o‘tkazildi
Shundan 10 tasi onlayn tarzda ommaviy axborot vositalarida yoritildi
Jami 91 ta Kengash qarori rasmiy e’lon qilindi
3 ta qaror huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi
10 ta qaror jamoatchilik muhokamasidan o‘tdi
❗️ Nazorat va muhokamalar
Sessiyalarda huquq-tartibot idoralari hamda mahalliy davlat organlari rahbarlarining
60 ta hisoboti,
8 ta axboroti eshitildi
Jami 23 ta masala muhokama qilindi
Ijro hokimiyati rahbarlariga nisbatan choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritilmadi
❗️ Deputatlarning saylovchilar bilan ishlari
Turli mavzularda 206 ta uchrashuv o‘tkazildi
Shundan 85 tasi saylovchilarga axborot berish maqsadida
98 ta muammo aniqlanib,
92 tasi belgilangan tartibda hal etildi
❗️ Fuqarolar murojaatlari
Jami 365 nafar jismoniy va yuridik shaxs qabul qilindi
178 ta murojaat hal etildi
180 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi
7 tasi mas’ullarga biriktirildi
❗️ Ommaviy axborot vositalaridagi faollik
Jami 281 ta chiqish amalga oshirildi, jumladan:
Mahalliy bosma nashrlarda — 11 ta
Televideniyeda — 17 ta
Internet saytlarida — 25 ta
Ijtimoiy tarmoqlarda — 228 ta
👥 Faol deputatlar
Sessiyalar, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar,
saylovchilar bilan uchrashuvlar, hisobotlarni o‘z vaqtida topshirish
hamda Kengash raisi tavsiya va ko‘rsatmalarini bajarishda
28 nafar deputat faol ishtirok etdi
📌 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi bundan buyon ham ochiqlik, jamoatchilik bilan muloqot va samarali deputatlik faoliyatini davom ettiradi.