🔰O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati O.Musurmonov, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari bilan birgalikda hududdagi mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida hududni rivojlantirishga doir dolzarb masalalar hamda takliflar muhokama qilindi.