Yangiliklar

Namunali o‘quvchilar va talabalar ota-onalariga e’tirof bildirildi

17-Xo‘jayuz okrugidan saylangan deputat Tangirov Uktam Ummatkulovich, tuman MMTB Faxriylar kengashi raisi, tuman hokimligi ta’lim bo‘yicha maslahatchisi K. Nizomov hamkorligida tumandagi 36-umumta’lim maktabida tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida maktabning namunali o‘quvchilari hamda mazkur ta’lim muassasasini muvaffaqiyatli tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan talabalarning ota-onalariga maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Mazkur tadbir o‘quvchilarning yutuqlarida ota-onalarning o‘rni va mas’uliyatini e’tirof etish, shuningdek, ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratildi.

Tuman Kengashi deputati

U. Tangirov

Slide 1 of 5