Yangiliklar

Mahallalarda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

2-Qo‘rg‘oncha okrugidan saylangan deputat Kasimova Kamola Smatullayevna hamda mahalla profilaktika inspektori bilan hamkorlikda mahalla hududida joylashgan nizoli va notinch oilalar xonadonlariga tashrif buyurildi. Tashrif davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, oilaviy muammolarni bartaraf etish, huquqbuzarliklarning oldini olish, tinch va osoyishta muhitni ta’minlash masalalarida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilib, ijtimoiy muammolarni hal etishda mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan amaliy yordam va qo‘llab-quvvatlash choralari haqida ma’lumotlar berildi. Ushbu uchrashuvlar mahallada ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash va aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan.

Tuman Kengashi deputati

K. Kasimova

Slide 1 of 3