Yangiliklar

🔹Mahalliy kengash deputatlari mahallada: o'rganish va targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

 🔹O‘rganishlar savolnoma asosida olib borildi. Jumladan yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi o‘rganilganda: yoshlar bandligi bo‘yicha amaliy ishlar qilingani, hozirda esa qayta xatlov boshlangani aniqlandi. 

🔹Mahalladagi aholi va bolalar sport inshootlari masalalarida: 17-umumta’lim maktabi sport zali ta’mir talabligi va ulardagi sport
anjomlari va jihozlar yetarli emasligi ma’lum bo‘ldi. 

🔹Hokim yordamchisining amalga oshirayotgan ishlari samaradorligi o‘rganilganda, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida, ya’ni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan 35 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratilgani e’tirof etildi. 

🔹Mahalla ijtimoiy xodimi 39 ta kambag‘al oilalarga ijtimoiy nafaqalar olinishida ko‘maklashgan. 

🔹Mahalladagi soliq inspektori tomonidan olib borilgan tushuntirish-targ‘ibot
ishlari natijasida mavjud 725 ta xonadon egalari yer-mulk soliqlarini o‘z muddatida
to‘lab keladilar. 

🔹Joriy yilda mahallada mavjud 9 kilometr masofadagi ichki yo‘llarning 400 metrdan ziyod qismiga yangi asfalt yotqizilgan. Beton ustunlarning barchasiga tungi yortish chiroqlari o‘rnatilgan. 

🔹Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilayapti. 

🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2013-yil 22-iyuldagi “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qaroriga muvofiq hududda imtiyozli dori vositalarini oluvchi 13 toifadagi bemorlar bepul dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlanayapti. 

🔹Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanilmoqda. 

🔹Mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tabiiy gaz bilan ta’minlanmaganligi sababli kuz-qish mavsumi uchun imtiyozli narxlarda 42 tonna ko‘mir mahsuloti yetkazib berilgan. 

🔹Ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari va ularning yerto‘lalari, atrofdagi maydonlar toza saqlanmoqda, shuningdek hudud tungi yoritish chiroqlari bilan to‘liq ta’minlangan. 

🔹Aholi uylari ichimlik suvi bilan ta’minlangan, elektr energiyasi masalasida kamchiliklar qayd etilmadi. 

🔹Jamoat transportining muntazam harakatlanishi uchun yo‘nalishli transport vositalari qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. 

🔹Davlat xizmalari hamda FXDYo organlari tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha aholi vakillaridan e’tirozlar aniqlanmadi. 

🔹Hududda jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha amaliy
ishlar olib borilgan. 

🔹Eng muhim masalalar qatoriga kiradigan-aholi bandligi masalasida joriy yil boshidan shu kunga qadar ishsiz 111 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan. 

🔹Mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari davom etayapti. 

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati 

Slide 1 of 1