Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengash kotibiyat mudiri va Kengash deputati bolalar musiqa va san’at maktabida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi deputati M.Qo'ldoshev hududdagi oilaviy shifokor punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengash kotibiyat mudiri M.G'oibnazarov va deputat S.Bekmurodovalar hududdagi bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova “Yaylovlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining hududdagi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
янв.21
Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati Jizzax viloyati bo‘limida “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan Chorvador mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Zomin tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Alisher Abdug‘aniyevning bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining hafta davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan infografiya ma'lumotlar.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi qaroriga muvofiq, 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni etib belgilangan bo‘lib, mazkur sana jahonda keng nishonlanadi. Ushbu kunning asosiy maqsadi — aqlan va jismonan imkoniyati cheklangan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, shuningdek, ularga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirishdan iboratdir.

Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-G‘o‘rin – Xakimobod saylov okrugidan saylangan deputati Y. Shoymanov o‘z hududidagi boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan hamda nogironligi bo‘lgan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida deputat ularning holidan xabar oldi, mavjud muammolarini tingladi va zarur yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi.

Slide 1 of 5