Yig‘ilishda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan quyidagi dolzarb masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi:
Infratuzilma va yo‘l xo‘jaligi:
2026 yil uchun ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha "Manzilli ro‘yxati"ni tasdiqlash.
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish (PQ-48-sonli qaror).
Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish:
Kadastr agentligi tuman bo‘limida korrupsiyaning oldini olish borasidagi ishlar tahlili.
Yerlardan oqilona va samarali foydalanish holati.
💼Ijtimoiy himoya va bandlik:
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi.
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi.
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” hamda “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi.
💰 Byudjet va investisiya:
“Ochiq byudjet” portalida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarni moliyalashtirish.
Mahalliy byudjetning 2026 yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘larini yo‘naltirish.
Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid PQ-468-son qaror ijrosi.
🌿 “Yashil” texnologiyalar:
Energiya tejamkor va “yashil” texnologiyalarni aholi xonadonlariga joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar.
📌 Yig‘ilish yakunida ko‘rilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar loyihalari tayyorlanib, Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan bo‘ldi.