QARORNING MAQSADLARI
✔️ Yoshlarning jamoaviy sport turlariga qiziqishini oshirish
✔️ Sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish
✔️ Iqtidorli sportchilarni aniqlash va saralash tizimini yo‘lga qo‘yish
✔️Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish
ASOSIY YO‘NALISHLAR.
Oliy ta’lim muassasalarida sport klublari 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab barcha davlat OTMlarida quyidagi sport turlari bo‘yicha klublar tashkil etiladi:
voleybol basketbol gandbol regbi chim ustida xokkey suv polosi
Musobaqalar tizimi joriy etildi OTMlarda – “Rektor kubogi”
✔️Mahallalarda – “Mahalla kubogi”, “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi”
Mahallalarni rag‘batlantirish Yuqori natijalarga erishgan mahallalar sport jihozlari bilan ta’minlanadi
Sport infratuzilmasi rivojlanadi. Mavjud sport inshootlari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
✔️ Yangi sport obyektlari davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etiladi
Xulosa
Mazkur qaror – yoshlar salomatligi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda professional sportchilarni yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.