Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
Deputat tomonidan yo‘l infratuzilmasidagi muammolar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Piyodalar harakati uchun muhim bo‘lgan ko‘prik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ichki yo‘lni ta’mirlash zarurati yuzasidan deputat so‘rovi kiritilishi belgilandi
янв.21
Deputatlar tomonidan Navbahor mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Deputat Muqaddas Urazaliyeva Zarbdor tumanidagi tibbiyot birlashmasida bo‘ldi
Hududlarda amaliy ishlar — e’tibor markazida

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov mahalla yettiligi a’zolari bilan birgalikda Qo‘shqand mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tanishish davomida:

- Aholi bandligini ta’minlash,

- Daromad manbalarini kengaytirish,

- Hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari,

- Ko‘chat ekish jarayonlari atroflicha o‘rganildi.

 Shuningdek, fuqaro J. Aduazizov xonadonida bo‘lib, tomorqa yer maydonidan samarali foydalanish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan bog‘dorchilik va dehqonchilik ishlari ko‘zdan kechirildi. Xususan, tomchilatib sug‘orish tizimi asosida ekilgan ko‘chatlar va yerga ishlov berish jarayoni alohida e’tiborga olindi.

Deputat xonadon egasi bilan muloqot qilib, mavjud tadbirkorlik faoliyati hamda daromad manbalarini kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi. Ushbu yo‘nalishda ishlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

 Hududlarda olib borilayotgan bunday amaliy ishlar aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6