Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyat mudiri, deputat G.Xudoyarova, 20-Taraqqiyot saylov okrugi deputati Z.Mullajonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi H.To‘rayev tomonidan MADAD nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida tashkilot tomonidan aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish, huquqiy maslahatlar berish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi atroflicha tahlil qilindi.
Tahlillar natijasida fuqarolar tomonidan eng ko‘p murojaatlar:
— aliment undirish,
— meros masalalari,
— bolalar nafaqasi (bolalar puli) bilan bog‘liq yo‘nalishlarda bo‘layotgani aniqlandi.
Shuningdek, murojaatlarning asosiy qismi oilaviy-huquqiy va ijtimoiy masalalarga to‘g‘ri kelishi, aholining huquqiy savodxonligini oshirish zarurati yuqori ekanligi qayd etildi.
💬O‘rganish davomida mas’ullar bilan o‘zaro fikr almashilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan takliflar bildirildi.
Shu bilan birga, MADAD NNT faoliyatini yanada takomillashtirish, ayniqsa chekka hududlarda sayyor qabullar sonini oshirish hamda deputatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.