Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati A. Jo‘rayev tomonidan Markaz mahallasida faoliyat yuritayotgan mahalla yettligi faoliyati atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, hududdagi mavjud muammolar va ularning yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, hududning sanitariya holati ham ko‘zdan kechirilib, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur o‘rganishlar hududni yanada rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish hamda mahalla tizimi samaradorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.