Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
Deputat tomonidan yo‘l infratuzilmasidagi muammolar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Piyodalar harakati uchun muhim bo‘lgan ko‘prik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ichki yo‘lni ta’mirlash zarurati yuzasidan deputat so‘rovi kiritilishi belgilandi
янв.21
Deputatlar tomonidan Navbahor mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Deputat Muqaddas Urazaliyeva Zarbdor tumanidagi tibbiyot birlashmasida bo‘ldi
“Namuna” mahallasi — amaliy ishlar va yoshlar tashabbusi bilan haqiqiy namunaga aylanmoqda!

Mazkur jarayonda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat hodimi A.Temirov ishtirok etib, mahalla raisining faoliyatini belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tahlil qildilar.

💬Ushbu o‘rganish shunchaki rasmiyatchilik emas, balki mahalladagi o‘zgarishlarning tub mohiyatini tahlil qilishga qaratilib, mahalla raisining “Mahalla yettiligi” tizimini muvofiqlashtirishdagi roli hamda aholi murojaatlari bilan ishlash va ijtimoiy muammolarni hal etish darajasi mukama qilind.

⏺O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” KQ-6-V-son qarori ijrosi yuzasidan yoshlari tomonidan tashkil etilgan 1 gektarlik zamonaviy issiqxonada bo‘ldi.

💬Bu loyiha bir necha muhim masalalarni bir vaqtda hal qilmoqda:

🔅Bandlik masalasi: Ilgari ishsiz bo‘lgan yoshlar endilikda o‘z tomorqasi yoki mahalla hududidagi issiqxonada mehnat qilib, barqaror daromad topmoqda.

🔅Oziq-ovqat xavfsizligi: Mahalla bozori uchun sifatli va arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

🔅Tadbirkorlik muhiti: Bu tajriba boshqa tengdoshlar uchun "master-klass" vazifasini o‘taydi.

🫥O‘rganish yakunida mahalla raisiga faoliyat samaradorligini yanada oshirish hamda yoshlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6