Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
Deputat tomonidan yo‘l infratuzilmasidagi muammolar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Piyodalar harakati uchun muhim bo‘lgan ko‘prik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ichki yo‘lni ta’mirlash zarurati yuzasidan deputat so‘rovi kiritilishi belgilandi
янв.21
Deputatlar tomonidan Navbahor mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Deputat Muqaddas Urazaliyeva Zarbdor tumanidagi tibbiyot birlashmasida bo‘ldi
Deputat tomonidan mahallada ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o‘rganildi

Deputat tomonidan mahallada ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o‘rganildi

👨‍💼 Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati E. Xamroyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-V-sonli qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi “Gulzor” mahallasida bo‘ldi.

👥 O‘rganish jarayonida:

Aholini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari, kambag‘al oilalarga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli va manzilli yo‘naltirilishi, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida e’tiborga olindi.

📄 Deputat dastlab yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan hujjatlar bilan tanishdi.

🏗 Shundan so‘ng hokim yordamchisi ko‘magida ajratilgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish holatlarini o‘rganish maqsadida joylarga chiqdi.

🏭 O‘rganish davomida deputat mahalla hududida faoliyat olib borayotgan g‘isht zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdi, shuningdek aholi tomorqalaridan unumli va samarali foydalanish holatlarini ham ko‘zdan kechirdi.

📝 O‘rganish davomida aholi va tadbirkorlar tomonidan bildirilgan fikr, taklif va murojaatlarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

⚡️ Mazkur o‘rganishlar hududda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini belgilashga xizmat qiladi.

 (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 5