Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
Deputat tomonidan yo‘l infratuzilmasidagi muammolar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Piyodalar harakati uchun muhim bo‘lgan ko‘prik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ichki yo‘lni ta’mirlash zarurati yuzasidan deputat so‘rovi kiritilishi belgilandi
янв.21
Deputatlar tomonidan Navbahor mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Deputat Muqaddas Urazaliyeva Zarbdor tumanidagi tibbiyot birlashmasida bo‘ldi
Mahalliy Kengashlar faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Mahalliy Kengashlar faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Bugun Navoiy shahrida mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ayniqsa ularning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi hamda Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida mahalliy Kengashlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda tizimli, tezkor va ochiq yoritish, aholi bilan onlayn muloqotni kuchaytirish, raqamli platformalardan samarali foydalanish, axborotni sodda va tushunarli tarzda yetkazish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari tomonidan kontent yaratish, foto va videomateriallardan unumli foydalanish, ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy imijni shakllantirish hamda keng jamoatchilik bilan samarali kommunikatsiya olib borish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5