Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi va ta’minoti deputat tomonidan o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi 15-Naqqoshlik saylov okrugi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan hududdagi bozorlarda aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navolari, mahsulotlar ta’minoti
hamda savdo jarayonida sanitariya talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi.
 

O‘rganish jarayonida savdo nuqtalarida asosiy iste’mol mahsulotlari — go‘sht, sut mahsulotlari, sabzavot va boshqa oziq-ovqat turlarining yetarli miqdorda mavjudligi, aholi uchun uzluksiz ta’minot yo‘lga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, bozorlarda sotuvga qo‘yilgan mahsulotlar sanitariya-epidemiologiya xizmati (SES) tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilib, tegishli tartibda ruxsat berilgani o‘rganildi. 

Deputat tomonidan bozor faoliyati bilan tanishish davomida sotuvchilar va mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, mahsulotlar sifati, narx-navo barqarorligi hamda aholi uchun qulay savdo sharoitlarini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Aholini sifatli, xavfsiz va yetarli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, shuningdek, bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash yuzasidan monitoring ishlari davom ettirilmoqda.  

Slide 1 of 13