Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
Deputat tomonidan yo‘l infratuzilmasidagi muammolar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Piyodalar harakati uchun muhim bo‘lgan ko‘prik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ichki yo‘lni ta’mirlash zarurati yuzasidan deputat so‘rovi kiritilishi belgilandi
янв.21
Deputatlar tomonidan Navbahor mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Deputat Muqaddas Urazaliyeva Zarbdor tumanidagi tibbiyot birlashmasida bo‘ldi
DEPUTAT SO'ROVI

 “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 8-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan tumandagi ko‘p qavatli uylarning saqlanish holati hamda aholi uchun yaratilgan yashash sharoitlari o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar davomida Zarbdor tumani “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Yoshlik ko‘chasidagi 255-, Sayxun ko‘chasidagi 249-uylarning tom qismida yomg‘ir va qor suvlarini oqizish tizimi (tarnov va suv tushirish quvurlari) mavjud emasligi aniqlandi.
Mazkur holat yog‘ingarchilik davrida tomdan oqib tushayotgan suvning to‘g‘ridan-to‘g‘ri bino devorlari va poydevor qismiga zarar yetkazishiga,
natijada namlik, yoriqlar va boshqa texnik nosozliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Yoshlik ko‘chasidagi 255-, Sayxun ko‘chasidagi 249-uylarning tom qismida yomg‘ir va qor suvlarini oqizish tizimini o‘rnatish choralarini ko‘rishda amaliy chora ko‘rishingizni so‘rayman. 

Slide 1 of 4