Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
Deputat tomonidan yo‘l infratuzilmasidagi muammolar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Piyodalar harakati uchun muhim bo‘lgan ko‘prik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ichki yo‘lni ta’mirlash zarurati yuzasidan deputat so‘rovi kiritilishi belgilandi
янв.21
Deputatlar tomonidan Navbahor mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Deputat Muqaddas Urazaliyeva Zarbdor tumanidagi tibbiyot birlashmasida bo‘ldi
DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi guruhi tomonidan hududlardagi transport infratuzilmasi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida Zarbdor tumani “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Navbahor – Yoshlik yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining 4 km qismi asfalt qoplamasiz, nosoz holatda ekani aniqlangan. Ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida yo‘l yuzasida suv to‘planishi va notekisliklar transport vositalarining xavfsiz harakatlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Shuningdek, mazkur yo‘l sharoiti tez tibbiy yordam xizmatlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, “Yoshlik” mahallasidan “Navbahor” mahallasigacha 4 km masofani bosib o‘tish uchun 30–40 daqiqa vaqt sarflanishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan, Navbahor – Yoshlik yo‘nalishidagi 4 km avtomobil yo‘lini asfaltlashtirish, yo‘l asosini mustahkamlash va zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi. 

Slide 1 of 4