Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichki yo‘lni ta’mirlash zarurati yuzasidan deputat so‘rovi kiritilishi belgilandi
янв.21
Deputat Muqaddas Urazaliyeva Zarbdor tumanidagi tibbiyot birlashmasida bo‘ldi
янв.21
Tashabbusli budjet natijalari Zarbdor tumanida muhokama qilindi
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zarbdor tumaniga tashrif buyurdi
янв.21
Deputatlar tomonidan MADAD NNT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari o‘rganildi
янв.21
Kotibiyat mudiri tomonidan tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan aholi bandligi borasida normativ-huquqiy hujjatlarni ijrosini o'rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan davlat xizmatlari hamda FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko'rsatish holati o'rganildi.
янв.21
Deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish muhokama qilindi
Deputatlik faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-209 Farmoniga asosan mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va profilaktika inspektoridan iborat “Mahalla yettiligi” ni faoliyati yuzasidan Xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Nishonov Abduxalil Abdulaxatovich, tuman Kengashi deputati Jo‘rayeva Nozima Abduraxmonovna tomonidan shuningdek, kotibiyat bosh mutaxassisi Qurbonov Jamoliddin ishtirokida Beshkapa MFYda o‘rganish olib borildi.

Mahalla raisi Matkarimov Ixtiyor tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida xonadonlarda ko‘chat ekish, mahalla binosi atrofiga ekiladigan mevali va manzarani daraxtlar uchun joy tayorlanganligi shuningdek obod ko‘cha va obod xonodon tamoyili asosida hasharlar uyushtirilmoqda.

Yoshlar yetakchisi Matmusayev Rustam tomonidan xatlov asosida 1370 nafar yoshlar, og‘ir toifa 1 nafar, otaliqqa olingan Yoshlar 5 nafar, tuman hokimiga 2 nafar, tuman Mudofa bo‘limiga 2 nafar va tuman IIB boshlig‘iga 1 nafar yoshlar biriktirilgan. 7 nafar ishsiz yoshlar ish bilan taʼminlangan. Ibrat MFY Beshkapa MFYga qo‘shilgan bo‘lib Ibrat MFYda yashagan yoshlar Beshkapa MFYga qo‘shilmagan.

Hokim yordamchisi Tojimedov Alijon mahallada 5 nafar yoshlarga imtiyozli kreditlar berilib, shundan 2 nafari chorvachilikni rivojlantirish, 2 nafariga issiqxona qurish va 1 nafariga xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish uchun ajratilgan.

Shuningdek mahallada jami 65 nafar ishsiz bo‘lib, bulardan 18 nafari ishga joylashtirilgan. 10 nafari o‘zini o‘zi band qilgan. 8 nafari doimiy ish bilan taʼminlangan. Kambag‘allikdan 4 nafari chiqarilgan bo‘lib 1 nafariga suda berilgan, 2 nafariga kredit ajratilgan va 1 nafariga quyosh paneli o‘rnatilgan.

Mahalla “Inson” ijtimoiy xodimi Xolboyeva Dilafruz mahallada jami 64 nafar kambag‘allik reestriga kiruvchi 64 nafar fuqaro bo‘lib, ramazon oyida barcha oilalarga bir martalik yordam puli berildi. Shuningdek, 9 nafar fuqaroga oziq-ovqat, kiyim kechak topshirildi.

Slide 1 of 5