Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
Deputat tomonidan yo‘l infratuzilmasidagi muammolar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Piyodalar harakati uchun muhim bo‘lgan ko‘prik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ichki yo‘lni ta’mirlash zarurati yuzasidan deputat so‘rovi kiritilishi belgilandi
янв.21
Deputatlar tomonidan Navbahor mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Deputat Muqaddas Urazaliyeva Zarbdor tumanidagi tibbiyot birlashmasida bo‘ldi
Prezident topshiriqlari ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

 Xususan, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Hakimov Yusuf Muhammadievich tomonidan tumandagi
mahallalarda nuroniylar va yoshlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.
 

Tadbirlar davomida davlatimiz rahbari tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish borasida berilgan aniq topshiriqlar mazmuni atroflicha tushuntirildi. 

Shuningdek, uchrashuvlarda hududlarni kompleks rivojlantirish, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirlarda nuroniylar va yoshlar o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirdilar. Deputat tomonidan bildirilgan savollarga batafsil javoblar berilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda jamoatchilik faolligini
oshirish muhim ekani ta’kidlandi.
 

Mazkur targ‘ibot tadbirlari Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish, aholi xabardorligini oshirish hamda islohotlar jarayoniga keng jamoatchilikni jalb etishga xizmat qilmoqda.  

Slide 1 of 5