Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
Deputat tomonidan yo‘l infratuzilmasidagi muammolar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Piyodalar harakati uchun muhim bo‘lgan ko‘prik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ichki yo‘lni ta’mirlash zarurati yuzasidan deputat so‘rovi kiritilishi belgilandi
янв.21
Deputatlar tomonidan Navbahor mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Deputat Muqaddas Urazaliyeva Zarbdor tumanidagi tibbiyot birlashmasida bo‘ldi
Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati

Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati 

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati B.Bo‘tayevа tumandagi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib, “Madad” nodavlat-notijorat tashkilotining tumandagi vakili bilan birgalikda aholiga bepul huquqiy maslahatlar berish, murojaatlar yuzasidan huquqiy ko‘mak ko‘rsatish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar mexanizmini yaxshilash bo'yicha zarur ishlarni olib bordi. 

 Shuningdek tashrif davomida markaz tomonidan fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi, navbat tizimi, hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, markazga kelib tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish, ularning ijrosi va natijadorligi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Fuqarolar bilan muloqot qilinib, mavjud taklif va muammolar tinglandi.

Bundan tashqari, FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati ham o‘rganildi. Jumladan, tug‘ilganlik, nikoh tuzish va nikohdan ajratish, o‘limni qayd etish hamda boshqa fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Xizmatlarning tezkorligi va qulayligi yuzasidan masalalar muhokama qilindi.

Tashrif yakunida xizmatlar sifatini yanada oshirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish hamda aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yuzasidan mas'ullar bilan birgalikda tegishli chora tadbirlar belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 4