Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan joylarda ijtimoiy muammolar o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat Jasur Uskanov 5-son DMTTda Prezident Farmoni ijrosini nazorat qildi
янв.21
Taraqqiyot okrugida tibbiyot va ta’lim sifati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining huzuridagi doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
RASMIY XABARNOMA
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat T.Qodirov saylovchilar bilan uchrashdi
Paxtakor tumani 9-sonli umumta’lim maktabi binosida Dilorom mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va mahalla yettiligi a’zolarining mahallalarda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Paxtakor tumani 9-sonli umumta’lim maktabi binosida Dilorom mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va mahalla yettiligi a’zolarining mahallalarda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda 19–Baxmal saylov okrugidan saylangan deputat Sulaymonov Nurali Omonboyevich, mahalla yettiligi a’zolari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida deputat bajargan ishlari, erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha hisobot berdi.

Tadbirda mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, xotin-qizlar faolligini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, shuningdek, fuqarolarning huquqiy bilim va madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aholi tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Shu bilan birga, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026–2027 yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-35 sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi. Qarorda belgilangan vazifalar, tuman aholisiga yaratilayotgan imkoniyatlar va istiqbolli loyihalar haqida keng tushuntirish ishlari olib borildi.

Xususan, mazkur qaror ijrosi natijasida Paxtakor tumanida sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida barqaror o‘sishni ta’minlash, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab olingani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida mahalla faollari va mas’ul mutasaddilar o‘rtasida qaror ijrosini samarali ta’minlash, mahallalarda olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan o‘zaro fikr almashilib, kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 4