✅2026-yil O‘zbekistonda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi. Bu haqda davlatimiz rahbari Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomada ma’lum qildi va hujjatda “mahalla” so‘zi 48 marotaba tilga olindi. Bu mahalla tizimi va uning yettiligiga bo‘lgan yuksak ishonchning yaqqol ifodasi, deb hisoblash mumkin.
✅Shuningdek, Murojaatnomada mahalla tizimiga oid dastur va amaliy vazifalar tahlilidan kelib chiqib aytish mumkinki, joriy yilda yurtimizdagi har bir mahallada keng ko‘lamli o‘zgarishlar, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi.
✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi, 6-Girdiqo'rg'on saylov okrugi deputati Z.Suyarova tomonidan "Mahalla yettili"gi bilan o'tkazilgan uchrashuvda mahalla fuqarolar uchun nafaqat ijtimoiy himoya va qo‘llab-quvvatlash markazi, balki jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining muhim ustuni ekanligi tushintirildi.