Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan joylarda ijtimoiy muammolar o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat Jasur Uskanov 5-son DMTTda Prezident Farmoni ijrosini nazorat qildi
янв.21
Taraqqiyot okrugida tibbiyot va ta’lim sifati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining huzuridagi doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
RASMIY XABARNOMA
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat T.Qodirov saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Yangikent mahallasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi o‘rganildi
Toyloq tumanidagi 1-sektor hududidagi mahallalarda ijtimoiy masalalar bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toyloq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati B.Raxmatullayev, Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi raisi, D.Ulug‘boyeva, tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Xamrayev, tuman tashkilot va muassasalari rahbarlari hamda 1-sektor hududidagi mahallalar deputatlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda mahallalardagi nuroniylar, xotin-qizlar faollari va fuqarolar ishtirokida to‘y marosimlarini ixchamlashtirish, ortiqcha dabdababozlik va keraksiz sarf-xarajatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, chet davlatlarda yashovchi fuqarolarning oila a’zolari, xususan xotin-qizlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy muammolarini o‘rganish hamda mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga ushbu yo‘nalishlarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish va profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.                                                                                                                                                                                                                                

t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 5