Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan joylarda ijtimoiy muammolar o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat Jasur Uskanov 5-son DMTTda Prezident Farmoni ijrosini nazorat qildi
янв.21
Taraqqiyot okrugida tibbiyot va ta’lim sifati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining huzuridagi doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
RASMIY XABARNOMA
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat T.Qodirov saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Yangikent mahallasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi o‘rganildi
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi 5-fevral kuni o‘tkaziladi 📣

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi 5-fevral kuni o‘tkaziladi 📣

 

⭐️ Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 2-fevralda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

• Viloyat IIB boshlig‘i T.Aripovning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti;

• Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri, Payariq, Kattaqo‘rg‘on, Bulung‘ur tumanlaridagi samarasiz kichik sanoat zonalarini hamda Samarqand shahri va Narpay tumanidagi samarasiz yoshlar sanoat zonalarini tugatish to‘g‘risida;

• Viloyatda 2025-yil “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tanlangan mahallalarda elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini yaxshilash va ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish hamda ma’qullash haqida;

• “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman va mahalla maqomi berilgan tumanlar va mahallalarda “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturining asosiy yo‘nalishlari, infratuzilma loyihalari manzilli dasturni tasdiqlash to‘g‘risida;

• Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;

• Viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1