Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan joylarda ijtimoiy muammolar o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat Jasur Uskanov 5-son DMTTda Prezident Farmoni ijrosini nazorat qildi
янв.21
Taraqqiyot okrugida tibbiyot va ta’lim sifati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining huzuridagi doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
RASMIY XABARNOMA
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat T.Qodirov saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Yangikent mahallasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi o‘rganildi
Deputat — xalq dardi bilan yashayotgan vakil

Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xalq manfaatlariga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, mahalliy davlat hokimiyati tizimida vakillik va ijro hokimiyatini aniq ajratish, deputatlarning joylardagi roli va mas’uliyatini oshirish yo‘lida tashlangan qadamlar xalq hokimiyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori mahalliy Kengash deputatlarining faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu hujjat deputatlarni xalq bilan yanada yaqinlashtirib, ularni aholi muammolarini joyida o‘rganib, amaliy yechimlar taklif etayotgan haqiqiy vakil sifatida namoyon etmoqda.

Xususan, Toyloq tumani Kengashi deputatlari mazkur qaror ijrosi doirasida mahallalarda bo‘lib, aholi murojaatlarini atroflicha o‘rgandilar. E’tiborli jihati shundaki, deputatlar faqat muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanib qolmasdan, ularni hal etish bo‘yicha aniq va manzilli takliflar ishlab chiqdilar. Natijada 10 nafar deputat tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar yechimi uchun amaliy choralar belgilandi.

Deputatlar tashabbusi tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, jami 400 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi. Har bir deputatga 25 million so‘mdan ajratilgan ushbu mablag‘lar mahallalarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga yo‘naltirilishi — deputatlik faoliyatining aniq natijasi sifatida e’tirof etishga arziydi.

Quvonarli tomoni, bu tajriba kelgusi choraklarda ham davom ettirilib, aholi murojaatlari asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ajratilayotgan mablag‘lar hududlarni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va eng muhimi, odamlarning kundalik hayotidagi muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Bugun deputat — faqat sessiyalarda qatnashuvchi shaxs emas, balki xalq dardini tinglaydigan, uning yechimi uchun mas’uliyatni zimmasiga oladigan haqiqiy vakilga aylanmoqda. Bu esa xalq vakillariga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanib borayotganini, deputatlik institutining obro‘-e’tibori oshib borayotganini yaqqol ko‘rsatadi.

Shubhasiz, bunday amaliy tashabbuslar joylarda xalq bilan muloqotni yanada kuchaytiradi va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyilning hayotda o‘z ifodasini topayotganining yorqin namunasi bo‘lib xizmat qiladi.

Nasiba Mo‘minova,

O‘ZLIDEP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri, Toyloq tuman Kengashi deputati.