Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Zarbdor tuman 1-son politexnikumida “Karyera markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: Zarbdor tuman tez tibbiy yordam bo'limining “Bo‘ston” shoxobchasiga yangi tez tibbiy yordam avtomobili topshirildi
янв.21
Yangikent mahallasida inklyuziv ta’lim oluvchilar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar
янв.21
Yangikent mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalalari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangikent mahallasida ko‘p qavatli uylar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha yo‘l xaritasi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat Kengashi deputati hamda saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
Yangi maktab qurilishi va hududni obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Tuman Kengashining doimiy komissiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tuman Kengashining doimiy komissiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyalari ishtirokida qo‘shma yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumanda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquq va erkinliklarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim masalalar keng muhokama qilindi.

📋 Kun tartibidagi masalalar:

🔹 Tuman prokuraturasi tomonidan 2025-yil davomida tumanda qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot;

🔹 Tuman adliya bo‘limi tomonidan 2025-yilning ikkinchi yarim yilligida norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar holati;

🔹 Sharof Rashidov tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2025-yilda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan ishlar va aholiga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar holati;

🔹 2025-yil ikkinchi yarim yili davomida iqlim o‘zgarishining oldini olish, atmosfera havosini muhofaza qilish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;

🔹 2025-yil 4-choragida mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish masalasi;

🔹 2025-yil davomida mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlari ijrosi, byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish holati;

🔹 Tuman mahalliy byudjetidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi masala.

📝 Yig‘ilish yakunida har bir masala yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi hamda mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi. Qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati kuchaytirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 11