Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha yo‘l xaritasi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Viloyat Kengashi deputati hamda saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
Yangi maktab qurilishi va hududni obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputatlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bo‘ston shaharchasida oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish masalalari o‘rganildi
янв.21
Lalmikor MFYda deputat saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Kuz–qish mavsumi uchun ajratilgan ko‘mir sifati bo‘yicha deputatlik nazorati
янв.21
Kuz–qish mavsumi uchun ajratilgan ko‘mir sifati bo‘yicha deputatlik nazorati
янв.21
Kuz–qish mavsumi uchun ajratilgan ko‘mir sifati bo‘yicha deputatlik nazorati
CHINOZ TUMANI. Yoshlar va ota-onalar bilan uchrashuv

Harbiy xizmatga jo‘nab ketishi rejalashtirilgan yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati M.Mirsodiqov, mas’ul rahbarlar va mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan armiyaga chaqirilayotgan yigitlarning harbiy xizmatni o‘tash tartibi, yaratilayotgan sharoitlar, ularning huquq va majburiyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ota-onalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, farzandlarning sog‘lig‘i, xavfsizligi va harbiy xizmat davomida davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy kafolatlar haqida ma’lumotlar yetkazildi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mazkur yig‘ilish yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ota-onalarning ishonchini mustahkamlash hamda harbiy xizmatga tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qildi.

Slide 1 of 4