Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan taqdirlash marosimi
янв.21
Afgʻonistonni yakkalash — mintaqaviy barqarorlikka tahdid!
янв.21
Orol dengizining ekologik masalasi!
янв.21
Yangilangan tashqi siyosat – Yangi Oʻzbekistonning yuzi!
янв.21
Inson qadri – davlat siyosatining markazida!
янв.21
Yoshlar – ertangi kunimizning asosiy kuchi!
янв.21
Siyosiy iroda va xalqaro hamkorlik – kambagʻallikka qarshi kurashda hal qiluvchi omil
янв.21
Inklyuziv jamiyat – barcha qatlam uchun teng imkoniyat kafolati
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.

21-oktabr kuni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana sifatida mamlakatimizning har bir go‘shasida alohida hurmat bilan nishonlanadi. Ushbu kunda ona tilimizning beqiyos qadri, xalqimizning o‘zligini va tarixini ifodalashdagi o‘rni yana bir bor yodga olinadi.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi jamoasi butun yurtdoshlarimizni ushbu ulug‘ sana – O‘zbek tili bayrami bilan tabriklaydi va tilimizni e’zozlash, asrab-avaylashda barchani birlashishga chaqiradi. Ona tilimizning ulug‘vorligi, uning kelajak avlodga yetkaziladigan bebaho meros sifatida avaylanishi va yangi cho‘qqilarga olib chiqilishi har birimizning sharafli burchimizdir.
Keling, bu kunni ona tilimizning buyukligini his etib, tilimizni asrash va boyitish yo‘lida yangi qadamlar tashlaylik!

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi Kotibiyati