Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Zarbdorda mahallalarni obod qilish bo‘yicha seminar tashkil etildi
янв.21
Deputatlar yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilish jarayonini o‘rgandilar
янв.21
Oʻzbekiston–Ozarbayjon: Ittifoqchilik ruhidagi yangi bosqich
янв.21
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammiti – Oʻzbekiston tashabbuslari yana markazda!
янв.21
2025-yil 2-iyul kuni Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiya a`zolari bilan navbatdagi sessiya qaror loyihalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi navbatdagi sessiyaga qo‘yilgan masalalarni muhokama qildi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi va aholi bilan uchrashuv o`tkazdi
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 26-may kuni mahalliy sanoatni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Deputatlar yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilish jarayonini o‘rgandilar

Xalq deputatlari Zarbdor tumani kengashi deputatlari M.Gaipov va J.O‘skanovlar tomonidan Shodlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Nihol massivida bunyod etilayotgan yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilish jarayoniga deputatlik nazorati amalga oshirildi. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli qaroriga asosan amalga oshirilmoqda. Ushbu ta’lim muassasasi 330 o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, buning uchun davlat byudjetidan 12 milliard 500 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Qurilish ishlarini “MEROS” xususiy korxonasi olib bormoqda.
Deputatlar joyiga chiqqan holda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi, sifat va muddat masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, loyiha doirasida ta’lim muassasasining zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanishi, o‘quvchilarning qulay va xavfsiz sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Qurilish ishlarining belgilangan muddatda va sifatli yakunlanishi doimiy nazorat ostida bo‘lishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 4