🔹O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash va hal etish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga mahalladagi xotin-qizlarning bandligi, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda faolligini oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mazkur o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi