📄 Qonun haqida muhim ma’lumotlar:
🗓 Qabul qilingan sana: 2004-yil 2-dekabr
📑 Qonun raqami: №706-II
▫️Mazkur qonun deputatlarning faoliyatini tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Qonunda deputatlarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda ularning saylovchilar oldidagi mas’uliyati aniq belgilangan.
🔎 Qonunga ko‘ra deputat quyidagi huquqlarga ega:
🔹 Kengash sessiyalarida ishtirok etish
Deputat xalq deputatlari Kengashi sessiyalarida qatnashib, hudud rivojiga oid muhim masalalarni muhokama qiladi hamda qarorlar qabul qilish jarayonida ovoz beradi.
🔹 Deputatlik so‘rovi yuborish
Deputat davlat organlari va mansabdor shaxslarga muhim masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborishi mumkin. Bu orqali hududdagi muammolarni o‘rganish va ularni hal etish imkoniyati yaratiladi.
🔹 Saylovchilar bilan ishlash
Deputat o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazadi, ularning murojaatlari, takliflari va muammolarini o‘rganadi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topishga harakat qiladi.
🔹 Deputatlik nazoratini amalga oshirish
Deputatlar hududdagi davlat organlari va tashkilotlar faoliyati ustidan nazorat olib boradi. Bu boshqaruv jarayonining ochiq va samarali bo‘lishiga xizmat qiladi.
🔹 Doimiy komissiyalar faoliyatida ishtirok etish
Deputatlar Kengash huzurida tashkil etilgan doimiy komissiyalar tarkibida ishlaydi va turli sohalarni rivojlantirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqadi.
📊 Mazkur qonun deputatlarning samarali faoliyat yuritishi, saylovchilar manfaatlarini himoya qilishi hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga hissa qo‘shishini ta’minlaydi.
🤝 Deputat — bu xalq vakili. Ularning faoliyati fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va jamiyat rivojiga xizmat qiladi.
📎 Mahalliy Kengashlar va deputatlar faoliyati haqidagi foydali ma’lumotlarni bilish uchun kanalimizni kuzatib boring.
✍️Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi kotibiyati