Yangiliklar

Deputat hududdagi nodavlat ta’lim muassasalaridagi sharoitlarni o‘rgandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Altibayeva tomonidan hududidagi nodavlat ta’lim muassasalariga tashrif buyurilib, u yerdagi o‘quv jarayoni, moddiy-texnik baza hamda yaratilgan sharoitlar yaqindan o‘rganildi.

Tashrif davomida sinf xonalari, o‘quv jihozlari, o‘qituvchilarning faoliyati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, muassasa rahbariyati bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

Deputat ta’lim sifatini oshirish, bolalar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish muhimligini ta’kidlab, tegishli masalalarni nazoratga olishini bildirdi.

Slide 1 of 6