Yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

Joriy yilning 18-mart kuni Zarafshon shahri hokimi, Xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati Nazirbek Rahmanov mahallalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirish hamda kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida Geolog mahallasida bo‘ldi. Tanishuv davomida mahallada aniqlangan muammolar joyida hal etildi. Shuningdek kelgusida bunday kamchiliklarning oldini olish, mahallani fuqarolar uchun har taraflama qulay hududga aylantirish har bir rahbarning birinchi navbatdagi vazifasi bo‘lishi lozimligini ta'kidladi.  Shuningdek, mahallada daraxtlar nobud bo‘lishini oldini olish, ularni saqlash va ko‘paytirish zarurligi alohida e'tirof etildi. Bu borada mutassaddilarga qat'iy topshiriq berildi.

Slide 1 of 3