Yangiliklar

Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati,

Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi 15-Uzun saylov okrugi deputati Sultonov Kamol Tuychiyevich tomonidan Tashabbusli budjet jarayonlari doirasida saylov okrugidagi mahallada olib borilayotgan asfaltlash ishlari jarayoni joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Deputat asfalt yotqizish ishlari ayni qizg‘in pallada amalga oshirilayotgan jarayonda bevosita ishtirok etib, ishlarning sifati va belgilangan me’yorlarga muvofiqligini o‘rgandi. 

Shuningdek, pudratchi tashkilot vakillari bilan suhbatlashilib, ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi 

Slide 1 of 5