Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Sarvar Ulug‘murodov tumandagi “Paxtakor Tekstil” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida korxonada yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar hamda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Alohida e’tibor korxonada yaratilgan yangi ish o‘rinlariga qaratildi. Ta’kidlanishicha, “Paxtakor Tekstil” tumanda bandlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutib, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar uchun doimiy ish o‘rinlari yaratishda salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Tanishuv jarayonida ayrim yo‘nalishlarda ish samaradorligini yanada oshirish, ishlab chiqarishni kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.