“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov va tuman Kengashi deputati Mustafo Shirinov Romitan
tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida bo'ldi.
U.Yusupov arxiv ish jarayoni bilan tanishib, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishib, arxiv
xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi. Deputat Mustafo Shirinov sohada olib borilayotgan islohotlar, ko'rsatilayotgan xizmatlardan fuqarolarning mamnunligini bildirdi.