Zarafshon shahar hokimligi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
A.Tulegenova, O‘zLiDeP Navoiy viloyat kengashi rahbari M.Eshniyozov, Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, sektor rahbarlari, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, mahalla "yettiligi", tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.
Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, "O‘zbekiston - 2030" strategiyasi, Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga qaratilgan Qonunning mazmuni, Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mohiyati hamda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati xususida fikrlar bildirildi. Uchrashuv so'nggida ishtirokchilar o‘zlarining taklif va tavsiyalarini aytib o‘tishdi.