Xalq deputatlari G'ozg'on shahar Kengashi deputatlari hamda Kotibiyat xodimlari hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Senat devoni xodimlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari hududdagi eng yirik marmar va granit toshlarini qayta ishlab chiqaruvchi "Marmarobod" MCHJ klaster-korxonasi faoliyati bilan tanishishdi.
✅ Delegatsiya a'zolari korxonaning ko‘rgazmalar zalida tashkil etilgan hududning milliyligini aks ettiruvchi sangtaroshlik hamda kashtachilik mahsulotlari ko‘rgazmalarini ko‘zdan kechirishdi.
✅ Keyingi navbatda, klasterning ishlab chiqarish salohiyati, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.