Har yili Olmazor tumanidagi umumta’lim maktablaridagi bitiruvchilar bilan dildan suhbatlashish, ularning maqsadlari, fikr-mulohazalari bilan yaqindan tanishish Olmazor tumani hokimi A.Sh.Umarxonov tomonidan uchrashuvlar o‘tkazish an’anaga aylangan. Ushbu an’ana 2024-yil bitiruvchilari bilan tumandagi 191-umumta’lim maktabida davom etdi.