Boyovut tumani "Ziyokor" mahallasi binosida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 29-Ziyokor saylov okrugi deputati J.Allayorova "mahalla yettiligi" bilan uchrashib mahallada bajaralishi rejalashtirilgan ishlar bilan tanishib ularni bosqichma-bosqich hal qilish maqsadida mahalla reja-grafikini ishlab chiqdi. Shuningdek deputat mahallaga murojaati bilan kelgan fuqarolarni qabul qilib ularni qiynayotgan muammo va takliflarni tinglab amaliy yordam berilishi takidlab o‘tildi.