Xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq 116-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Mazkur sessiya kun tartibida quyidagi masalalar kiritilib, ko‘rib chiqildi:
-Bo‘stonliq tumani Ichki ishlar boshqarmasining tumanda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2024-yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022–2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2024-yil 12-fevraldagi VI-86-14-10-0-K/24-sonli qaroriga asosan belgilangan vazifalar to‘g‘risida;
-Bo‘stonliq tumanida beshinchi bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
-Bo‘stonliq tumani mahalliy budjetining 2024-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘larining taqsimlanmagan qismi hisobidan rejalashtirilayotgan xarajatlar to‘g‘risida;
-Bo‘stonliq tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalar va sanoat korxonalarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar va boshqa masalalar to‘g‘risida bo‘ldi.
Sessiya yakunida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari qabul qilindi.