NAVRO‘Z MFYda AHOLI BILAN UCHRASHUV
Bugun Kengash raisi, 5-Berdaq saylov okrugi deputati Ruslan Ro‘ziyev hamda 4-Ajiniyoz saylov okrugi deputati Oliya Baxramovalar Navro‘z mahallasi Ajiniyaz ko‘chasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla mas’ullari, aholi, xususan, nuroniylar va xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda deputatlar mahalla ahli bilan suhbatlashib, deputat kabi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Muloqot davomida aholi murojaatlari ham ko‘rib chiqilib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.